Tovarni FBO sxemasi bo'yicha Uzum omboriga olib borish uchun taymslot kerak — qabul qilishning bron qilingan vaqti. Taymslotsiz yetkazma qabul qilinmaydi, 2026-yil 1-dekabrdan esa slotni kech bekor qilish va ko'chirish uchun Uzum jarima oladi. Ombordagi yaqin sanalar odatda band bo'ladi. Bo'sh slot kimdir yetkazib berishini bekor qilganda yoki ko'chirganda paydo bo'ladi va uni bir necha soniyada olib qo'yishadi. Sahifani qayta-qayta yangilab o'tirish — soatlab yo'qotilgan vaqt.
Google Chrome uchun Seller Helper kengaytmasi buni siz uchun qiladi: slotlarni Uzum kabinetingizning o'zida tekshiradi va birinchi mos kelganini bron qiladi.
Kengaytma qanday ishlaydi
- Kompyuterdagi Google Chrome'da, siz kirib turgan seller.uzum.uz sahifasida ishlaydi.
- Slotlarni sizning brauzeringiz qidiradi va bron qiladi — sizning IP va Uzum akkauntingizdan. Buning uchun do'konga xodimimizni qo'shish ham, do'konni Seller Helper'ga ulash ham shart emas.
- Bo'sh slotlarni har 2–3 soniyada tekshiradi. Bitta do'konning sanalari bir xil yuk xatlari birga, bitta so'rov bilan tekshiriladi.
- Kerakli sanalaringizda turgan bronni kengaytma ko'chirmaydi.
- Uzum paroli kerak emas, Uzum kabinetingizga kirish esa brauzerdan chiqmaydi: serverimizga faqat avtobron vazifalari va ularning holati yuboriladi.
Nima kerak
- Google Chrome o'rnatilgan kompyuter;
- Seller Helper akkaunti — veb-kabinetga Google yoki Telegram orqali kirish mumkin;
- Uzum Seller kabinetiga kirish huquqi va slot kerak bo'lgan yetkazma (yuk xati).
O'rnatish — 5 daqiqa
- Seller Helper veb-kabinetini oching, «Chrome kengaytmasi» bo'limida «Kengaytmani yuklab olish» tugmasini bosing. Arxivni oching — seller-helper-extension papkasi paydo bo'ladi. Uni yo'qolmaydigan joyga qo'ying: Chrome kengaytmani shu papkadan oladi.
- Chrome'da
chrome://extensionsmanzilini oching va o'ng yuqorida dasturchi rejimini yoqing — «Режим разработчика» (Developer mode). - «Загрузить распакованное расширение» (Load unpacked) tugmasini bosing va seller-helper-extension papkasini tanlang.
- Seller Helper kabinetiga qayting, sahifani yangilang va «Kengaytmani ulash» tugmasini bosing.
- seller.uzum.uz sahifasini oching — o'ng pastda «Автобронь» (avtobron) tugmasi chiqadi.
Kengaytma hozircha Chrome Web Store'da yo'q, shuning uchun u arxivdan o'rnatiladi — xuddi videoda ko'rsatilganidek.
Vazifani qanday qo'yish kerak
- Uzum kabinetida «Автобронь» → «Новая задача» (yangi vazifa) tugmasini bosing.
- Do'kon, yuk xati, mos sana va vaqtni tanlang.
- «Начать ловить слот» (slotni ushlash) tugmasini bosing.
Kengaytma oynasidagi tugmalar hozircha ruscha, ma'nosi qavs ichida yozilgan.
Keyin kengaytma slotlarni o'zi tekshiradi. Sana va vaqt oralig'i qancha keng bo'lsa, slot shuncha tez topiladi. Tanlangan sanalarga umuman bo'sh slot bo'lmasa, vazifa ombordagi eng yaqin bo'sh slotni ko'rsatadi — shunga qarab sanalarni kengaytirish kerakmi, bilib olasiz.
Kengaytma slot ushlayotganda
- Uzum kabineti varag'ini yopmang — yig'ib qo'ysa bo'ladi.
- Kompyuter yoqilgan bo'lsin va uyqu rejimiga o'tmasin.
- Slot ushlansa — Chrome bildirishnomasi keladi, bron esa Uzum kabinetining «Postavkalar» bo'limida chiqadi.
Kompyuterni yoqib qo'ygingiz kelmayaptimi? Vazifalarni telefon ham ushlay oladi. Uzum kabinetida «Автобронь» → «Ловить на телефоне» (telefonda ushlash) tugmasini bosing va QR-kodni Seller Helper ilovasida skanerlang: «Taymslot» bo'limi → «Telefonda ushlash» kartasi → «QR-kodni skanerlash». Bu ekran ochiq turganda telefon slotlarni ushlaydi, shuning uchun telefonni quvvatlashga qo'ying. QR-kod — kabinetingiz kaliti: uni faqat Seller Helper ilovasida skanerlang va hech kimga yubormang.
Narxi
Dastlabki 3 ta bron — sinov uchun. Bron faqat slot ushlanganda hisobdan yechiladi. Bron qo'shish uchun Telegram'da @coderuzb ga yozing.
Kengaytmani qanday yangilash kerak
Arxivdan o'rnatilgan kengaytma o'zi yangilanmaydi. Yangi versiya chiqsa, Seller Helper kabineti bu haqda aytadi:
- «Kengaytmani yuklab olish» tugmasini bosing, eski seller-helper-extension papkasini o'chirib, yangi arxivni o'sha joyga oching — papka nomi va joyi o'zgarmasin. Aks holda Chrome uni boshqa kengaytma deb hisoblaydi va qayta ulashga to'g'ri keladi.
chrome://extensionssahifasida Seller Helper kartasidagi aylana strelka — «Обновить» (yangilash) tugmasini bosing.- Uzum kabineti sahifasini yangilang. Qayta ulash shart emas — vazifalar va kirish saqlanib qoladi.
Ko'p beriladigan savollar
Seller Helper'ga Uzum login va parolini berish kerakmi? Yo'q. Kengaytma siz kirib turgan kabinetda — to'g'ridan-to'g'ri brauzeringizda ishlaydi.
Nega slot uzoq vaqt ushlanmayapti? Ko'pincha ombor tanlangan sanalarda shunchaki band. Vazifadagi eng yaqin bo'sh slotga qarang va sana yoki vaqtni kengaytiring.
Chrome yopilsa kengaytma ishlaydimi? Yo'q: Uzum kabineti varag'i ochiq turgan Chrome kerak. Kompyuterni o'chirish kerak bo'lsa, slotlarni telefonda QR-kod orqali ushlang.
Kengaytma turgan bronni ko'chiradimi? Agar bron kerakli sanalaringizda tursa, kengaytma unga tegmaydi.
Barcha vazifalarni qayerda ko'rish mumkin? Seller Helper veb-kabinetida, «Chrome kengaytmasi» bo'limida: u yerda nechta bron qolgani ham ko'rinadi.